Shirin Zaitovani mashhur qilgan qo‘shiq qaysi? Xonandaning javobi

Xonanda Shirin Zaitovaga intervyulardan birida: “Sizni Shirin sifatida tanitgan qo‘shig‘ingiz qaysi?” degan savol berildi. Ushbu savolga javoban xonanda o‘z ijodidagi muhim sahifalardan birini eslab o‘tdi.
Shirin Zaitovaning aytishicha, uni keng jamoatchilikka tanitgan qo‘shiqlardan biri Farhod va Shirin duetida ijro etilgan “Men senga bir gap aytaman” nomli tarona bo‘lgan. Aynan ushbu qo‘shiq orqali ko‘plab muxlislar xonandaning ijodiga qiziqa boshlagan.
Suhbatdan so‘ng izohlar bo‘limida muxlislar ham faol bo‘lib, ular Shirinni aynan qaysi qo‘shiq orqali tanishganlarini yozib qoldirishdi. Ayrimlar duetdagi taronani eslasa, boshqalar xonandaning boshqa mashhur qo‘shiqlarini tilga oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing