date

Sevinch Mo‘minova qanday turmush o‘rtoq xohlashini aytdi (video)

Sevinch Mo‘minova qanday turmush o‘rtoq xohlashini aytdi (video)

Xonanda Sevinch Mo‘minova Mirsadikova bilan bo‘lgan suhbatida hayotidan kutayotgan inson haqida ochiqchasiga fikr bildirdi. Uning aytishicha, u Allohdan nafaqat o‘zini baxtli qila oladigan, balki o‘zi ham baxt ulasha oladigan insonni so‘raydi.

Xonandaning so‘zlariga ko‘ra:

“Ba’zi paytlar Allohdan so‘rayman: Allohim, menga mos bo‘lgan, men unga baxt keltira oladigan, u ham menga baxt keltira oladigan insonni uchrat. Men faqat meni baxtli qiladigan deb so‘ramayman. Aksincha, men u uchun xayrli, kerakli inson bo‘lay, u ham menga xayrli bo‘lsin. Bir-birimiz uchun baxt bo‘laylik, deyman. Shunday baxtni berishini so‘rayman. Balki taqdirimga yolg‘iz o‘tish yozilgandir — buni faqat Alloh biladi.”

Suhbat davomida boshlovchi xonandadan: “Bu holat ya'ni yolg‘izlik siz uchun fojea emasmi?” deya so‘radi. Sevinch Mo‘minova esa bu savolga qat’iy va sokin javob berdi:

“Yo‘q, bu fojea emas. Men ishonamanki, yolg‘iz ayollarning ham u dunyoda mukofoti bor. Yolg‘iz yashab, bir vaqtning o‘zida ham ona, ham ota bo‘lib, hayot sinovlarini yengib o‘tayotgan har bir ayolning ajri bor. Men Allohdan so‘rayman: jannatlariga loyiq ko‘rsin.”

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Sevinch Mo‘minova qanday turmush o‘rtoq xohlashini aytdi (video)