Tayyor uyi bo‘la turib nega ijara?” — Timur Alixonov sababini ochiqladi

Bloger Timur Alixonov Instagram sahifasiga joylagan posti orqali yaqinda nima sababdan ijaradagi uyga ko‘chib o‘tganini ma’lum qildi. Uning obunachilaridan biri: “Nega o‘zingizning tayyor uyingiz bo‘la turib, ijarada yashayapsiz?” degan savol bilan murojaat qilgan.
Timurning aytishicha, o‘ziga tegishli uy 42 kvadrat metrli, bir xonali bo‘lib, asosan yosh oilalar uchun mo‘ljallangan. Shu sababli u farzandli oila uchun qulay emas. Bundan tashqari, uy 16-qavatda joylashgani sababli, kelajakda farzandi baland qavatda qiynalib qolishidan xavotir bildirgan.
Blogerning ta’kidlashicha, mazkur xonadonda u o‘zi yoqtirgan ishlarni amalga oshirolmaydi. Jumladan, mehmon kutib olish uchun alohida joy yo‘q. Turmush o‘rtog‘i Farida ham oshxonada noqulaylik sezgan, chunki kengroq oshxona zarur bo‘lgan.
Shuningdek, Timur va Farida blogerlik faoliyati bilan shug‘ullangani bois, tez-tez kontent tayyorlaydi. Buning uchun esa yorug‘, keng va chiroqlari yetarli bo‘lgan xonadon muhim. Shu omillarni inobatga olib, ular oshxonasi katta, mehmonxonasi bor va kengroq bo‘lgan ijaradagi uyga vaqtincha ko‘chib o‘tish qarorini qabul qilishgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!