Timur Alixonov o‘g‘liga qanday ism qo‘yishganini ma'lum qildi

Blogerlar Alixonov Timur va Marimova Farida ilk bor ota-ona bo‘lib, o‘g‘il farzand ko‘rdi. Alixonov Timur o‘zining Instagram sahifasida joylagan yangi foto postlari orqali chaqaloqqa qanday ism qo‘yganini ma'lum qildi. Unga ko‘ra, yangi tug‘ilgan chaqaloqqa Imron deb ism berilgan bo‘lib, u to‘liq hujjatda Alixonov Imron Temurxon o‘g‘li deb yozilgan. Kuzatuvchilar yosh ota-onani samimiy tabriklab, chaqaloqqa uzoq umr, sog‘lik-salomatlik va baxt-saodat tilashdi.

Kecha blogerlar Alixonov Timur va Marimova Faridaning ilk bor ota-ona bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
Alixonov Timur o‘zining Instagram sahifasida quvonchli lahzalarni kuzatuvchilari bilan bo‘lishib, yangi foto post joyladi. Mazkur suratlar orqali ular farzandiga qanday ism qo‘yganini ham ma’lum qildi.
Post ostida “Alixonov Imron Temurxon o‘g‘li” deb yozilgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, chaqaloqqa Imron deb ism qo‘yilgan.
Joylangan suratlarda blogerning otalik baxti, farzandiga bo‘lgan mehri yaqqol aks etgan.
Izohlarda esa ko‘plab kuzatuvchilar yosh ota-onani samimiy tabriklab, chaqaloqqa uzoq umr, sog‘lik-salomatlik va baxt-saodat tilashmoqda.































Izohlar 0
…