“Janimde” qisqa fursatda muxlislar qalbidan joy oldi (video)

Xonanda Ulug‘bek Yulchiyev muxlislari intiqlik bilan kutgan “Janimde” nomli yangi qo‘shig‘i va unga ishlangan videoklip 17 iyul kuni soat 19:00 da san’atkorning rasmiy YouTube kanalida premyera qilindi.
Xonanda yangi ijod mahsuli haqida avvalroq ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ma’lum qilgan edi. Premyeradan oldin e’lon qilingan qisqa videolavhalar muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otib, yangi qo‘shiqni kutayotganlar sonini yanada oshirdi.
Premyera e’lon qilinganidan so‘ng “Janimde” qisqa vaqt ichida minglab tomoshalarni yig‘ishga ulgurdi. Tinglovchilar nafaqat taronani, balki videoklipdagi obrazlar, syujet va ijro uslubini ham yuqori baholamoqda.
Ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarda muxlislar Ulug‘bek Yulchiyevni navbatdagi ijodiy ishi bilan samimiy tabriklab, qo‘shiqni qayta-qayta tinglayotganliklarini yozishmoqda.






























Izohlar 0
…