date

Bloger Habi Leym deyarli 1 mlrd dollarlik kelishuv bilan bozorni larzaga soldi

Bloger Habi Leym deyarli 1 mlrd dollarlik kelishuv bilan bozorni larzaga soldi

TikTok’ning eng mashhur blogerlaridan biri, 270 million obunachiga ega Habi Leym “Step Distinctive Limited” kompaniyasidagi ulushining bir qismini Amerikaning “Rich Sparkle Holdings” firmasiga 975 million dollarga sotdi. Bu summa taxminan 11,7–12,7 trillion so‘m atrofida (kursga qarab) baholanadi. Bitim blogerning kelgusi daromad modeli butunlay yangicha shaklga o‘tishini anglatmoqda.

Kelishuv shartlariga ko‘ra, keyingi uch yil davomida xaridor tomon Habi Leymning dunyo bo‘ylab daromad keltiradigan yo‘nalishlari bo‘yicha eksklyuziv huquqqa ega bo‘ladi. Ya’ni reklama, litsenziyalash, brend ostidagi mahsulotlar savdosi va boshqa monetizatsiya kanallari bir markazdan boshqarilishi ko‘zda tutilgan. Natijada blogerning daromadi endi alohida reklama shartnomalaridan ko‘ra, uning nomi atrofida qurilgan biznesning umumiy muvaffaqiyatiga ko‘proq bog‘lanadi.

Bitimning eng diqqatga sazovor tomoni — Habi Leym sun’iy intellektga asoslangan “raqamli egizak” yaratishga rozilik bergani ekani aytilmoqda. Uning yuzi, ovozi va xatti-harakatlarini takrorlay oladigan bu SI nusxa turli tillarda doimiy efirlar olib borishi, kontent ishlab chiqarishi va tijorat faoliyatida ishtirok etishi mumkin. Kompaniya buni kontent va elektron tijoratni global miqyosda uyg‘unlashtiradigan yangi model, deya baholagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Bloger Habi Leym deyarli 1 mlrd dollarlik kelishuv bilan bozorni larzaga soldi