Malika Gaziyeva va Doxxim yangi duet bilan yana birlashdi!

Xonanda Malika Gaziyeva va reper Doxxim “Dema” nomli yangi musiqiy hamkorligini ommaga taqdim etdi. Duetga ishlangan videoklip ham bir vaqtning o‘zida e’lon qilindi.
Mazkur qo‘shiqda ayriliq va kechinmalar mavzusi aks ettirilgan bo‘lib, lirik ohang orqali tinglovchining yuragiga yetib borishga harakat qilingan. Qo‘shiq matni orqali insonlar orasidagi uzilish va so‘nggi so‘zlarning og‘irligi ko‘rsatib beriladi.
Klipga rejissyor sifatida Ma’murjon Obrahmatov boshchilik qilgan. Tasvirga olish jarayonlari Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatining turli joylarida amalga oshirilgan. Vizual ko‘rinish qo‘shiqning ruhiyatini yanada chuqurroq ochib bergan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing