Aktrisa Jayrona malika Jasmin qiyofasida muxlislarni yana hayratga soldi (video)

Mahorati va ijodiy izlanishlari bilan tanilgan aktrisa Jayrona navbatdagi yangi obrazini taqdim etdi. Bu safar u mashhur “Aladdin” multfilmida Alavuddinning sevgilisi — malika Jasmin qiyofasini gavdalantirdi.
Avvalroq Malifisenta va Kleopatra obrazlari bilan katta qiziqish uyg‘otgan aktrisaning bu galgi chiqishi ham muxlislar e’tiboridan chetda qolmadi. Jayronaning yangi uslubi, grimi va sahnaviy ko‘rinishi uning aktyorlik mahoratini yana bir bor yaqqol namoyon etdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar aktrisaning jasorati va fantaziyasini yuqori baholab, har bir yangi obrazi avvalgisidan ham qiziqarli chiqayotganini ta’kidlashmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing