date

Britni Spirs musiqiy merosini 200 million dollarga sotdi

Britni Spirs musiqiy merosini 200 million dollarga sotdi

Amerikalik mashhur pop qo‘shiqchi Britni Spirs o‘zining eng mashhur xitlari, jumladan “Baby One More Time”, “Toxic” va boshqa qo‘shiqlari kiruvchi musiqiy katalogiga bo‘lgan huquqlarni sotdi. NBC xabariga ko‘ra, ushbu kelishuv Primary Wave kompaniyasi bilan 2025 yil 30 dekabrda imzolangan va uning qiymati taxminan 200 million dollarni tashkil etgan.

“Primary Wave” musiqiy industriyada mashhur san’atkorlarning merosiga egalik qiluvchi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. U ilgari Bob Marli, Prins, Uitni Xyuston, Stivi Niks, Aerosmith va The Doors kabi san’atkorlarning kataloglarini ham sotib olgan.

So‘nggi yillarda mashhur musiqachilar o‘z musiqiy kataloglarini yirik summalarga sotishni boshlagan. Sting, Bob Dilan, Pink Floyd va Queen guruhlari shunday kelishuvlar orqali yirik moliyaviy foyda ko‘rishgan. Ayniqsa, “Queen” guruhining katalogi Sonyga 1,27 milliard dollar evaziga sotilgan edi.

Britni Spirsning bu qarori uning kelajakdagi san’atkorlik faoliyatiga qanday ta’sir qilishi hozircha noma’lum, ammo bu shubhasiz uning moliyaviy mustaqilligini mustahkamlovchi muhim qadam bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Britni Spirs musiqiy merosini 200 million dollarga sotdi