22:42 / 24.05.2015
7 380

“Evrovidenie-2015" tanlovi g‘olibini aniqlash jarayonida Litva Rossiya vakiliga nol ball qo‘ydi

“Evrovidenie-2015" tanlovi g‘olibini aniqlash jarayonida Litva Rossiya vakiliga nol ball qo‘ydi

Venada 23 maydan 24 mayga o‘tar kechasi 60-chi “Evrovidenie-2015” xalqaro musiqiy tanlovi o‘z nihoyasiga etdi, deb yozadi Kun.uz.

1-o‘rinni Shvesiya vakili, 28 yoshli qo‘shiqchi Mons Zelmerlyov qo‘lga kiritdi. U “Heroes” qo‘shig‘ini kuylab, ovoz berish jarayonida 365 ball to‘pladi.

2-o‘rin Rossiya vakili Polina Gagarinaga nasib etdi. Rossiyalik qo‘shiqchi “A Million Voices” qo‘shig‘ini kuylab, 303 ball to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.

Oxirgi bo‘lib ishtirok etgan Italiyaning Il Vilo triosi – Pero Barone, Inyasio Bosketto va Janluki Jinoble “Grande Amore” qo‘shig‘i bilan 292 ball to‘plab, munosib ravishda 3-o‘rinni egalladi.

G‘olibni aniqlash jarayonida jamoalar o‘z raqiblarini baholashdi.

Qayd etish joizki, bu jarayonda jamoalar siyosiy munosabatlar asosida harakat qilishgandek tasavvur hosil bo‘ldi.

Gruziya va Kipr Rossiya vakiliga 5 ball berdi, Islandiya esa Polina Gagarinaning chiqishini undan ham kam - 3 ball bilan baholadi. Rossiya vakilasining asosiy raqibining jamoasi bo‘lgan shvesiyaliklar esa 6 ballni etarli deb bilishdi.

O‘z navbatida Rossiya vakiliga Belarus, Armaniston, Ozarboyjon va Germaniya 12, Ispaniya, Belgiya, Daniya, Serbiya, Latviya, Moldaviya, Ruminiya va Italiya 10 balldan, Albaniya, Chexiya, Gresiya va Avstriya 8, Malta va Chernogoriya esa 7 balldan baholashdi.

Qayd etish joizki, Makedoniya hech qaysi jamoaga uchdan yuqori ball qo‘ymadi.

Avstraliya esa Rossiya vakiliga 10, Shvesiyaga esa 12 ball qo‘ygan. Germaniya esa aksincha, Shvesiya uchun 10, Rossiya uchun esa 12 ball bergan. Irlandiya Rossiyani 8, Shvesiyani esa 10 ball bilan baholagan.

Fransiya shvedlar uchun 8, ruslar uchun 10 ball bergan. Shveysariya Rossiyaga 7, Shvesiyaga 12 ball qo‘ygan. Finlyandiya Gagarinani 8 ball, Mons Zelmerlyovni esa 12 ballga loyiq ko‘rgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Evrovidenie-2015" tanlovi g‘olibini aniqlash jarayonida Litva Rossiya vakiliga nol ball qo‘ydi