date

Shohruhxon o‘zgacha yo‘nalishdagi “O‘yin” nomli yangi klipini taqdim etdi

Shohruhxon o‘zgacha yo‘nalishdagi “O‘yin” nomli yangi klipini taqdim etdi

Xonanda Shohruhxonning “O‘yin” nomli yangi klipi YouTube platformasida e’lon qilindi. Qo‘shiqqa ishlangan videorolik qisqa vaqt ichida muxlislar e’tiborini tortdi.

Klip o‘ziga xos va yangicha uslubda suratga olingani bilan ajralib turadi. Unda qashshoqlik va boylik manzaralari o‘zaro uyg‘unlashtirilib, o‘ziga xos g‘oya ilgari surilgan.

Videoda ijtimoiy tafovut mavzusi badiiy yechim orqali ifodalangani ko‘pchilik tomonidan yuqori baholanmoqda. Muxlislar ijtimoiy tarmoqlarda klipni faol muhokama qilmoqda.

Shohruhxon klip premerasi haqida o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qildi. U “Klip tayyor, ko‘rilar” degan izoh bilan muxlislarini yangi ijodiy ishni tomosha qilishga chorladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Shohruhxon o‘zgacha yo‘nalishdagi “O‘yin” nomli yangi klipini taqdim etdi