Imronning yangi “Sehrgar” taronasi premyera qilindi (audio)

Xonanda Imron navbatdagi ijod mahsuli — "Sehrgar" nomli qo‘shig‘ini muxlislariga taqdim etdi. Yangi tarona 20 fevral kuni YouTube platformasi orqali rasman premyera qilindi.
Ayni paytda qo‘shiq uchun videoklip suratga olinmagan bo‘lsa-da, audio versiyasi qisqa vaqt ichida ko‘p marta tinglanib, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Tinglovchilar taronaning musiqasi va kayfiyatini yuqori baholab, uni yoqimli va zamonaviy ijro sifatida e’tirof etmoqda.
Muxlislar izohlarida qo‘shiqning yengil ohangi, ta’sirli kuyi hamda ijro uslubi alohida ta’kidlanib, tez orada ushbu tarona uchun klip ham suratga olinishiga umid bildirilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing