date

Xonanda Tohir Sodiqovning fikricha kuyovni qanday tanlash lozim?

Xonanda Tohir Sodiqovning fikricha kuyovni qanday tanlash lozim?

O‘zbekiston san’atida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan xonanda Tohir Sodiqov ikki qizini turmushga uzatgan ota sifatida kuyov tanlash masalasida o‘z qarashlari bilan o‘rtoqlashdi. Intervyulardan birida u farzand tarbiyasi va oilaviy qadriyatlar haqida samimiy fikr bildirdi.

San’atkorning aytishicha, u qizlarini mustaqil fikrlaydigan, hayotda o‘z yo‘lini topa oladigan shaxs sifatida tarbiyalagan. “Men qizlarimga shunaqa tarbiya berganmanki, ular o‘zi mustaqil tanlay oladigan shaxs bo‘lib yetishgan, ular o‘zlari sevishib turmush qurishgan”, deydi u.

Tohir Sodiqovning fikricha, kuyovni tanlash jarayonida tashqi omillardan ko‘ra insonning ichki dunyosi muhimroq. Unga ko‘ra, eng avvalo yigitning odamiyligi va xarakteriga e’tibor qaratish lozim.

Xonanda kuyov tanlash “kerak” yoki “kerak emas” degan mezondan ko‘ra, insoniy fazilatlar ustuvor bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi. Uningcha, mustahkam oila aynan o‘zaro hurmat va sog‘lom xarakter asosida quriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Xonanda Tohir Sodiqovning fikricha kuyovni qanday tanlash lozim?