Munisa Rizayevadan uzoq kutilgan ko'rinish: "Qanaqa qilib biz tirik qoldik..."

Xonanda Munisa Rizayeva uzoq tanaffusdan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rinish berib, boshidan kechirgan qo‘rqinchli voqea haqida gapirdi. Uning aytishicha, ular yashab turgan uy binosiga dron qulagan.
San’atkor o‘z murojaatida avvalo muxlislariga minnatdorlik bildirgan. U «Qanday qilib tirik qolganimizni bilmayman. Sizlarning g‘amxo‘rligingizni his qilish men uchun juda muhim. Hammaga katta rahmat», deya ta’kidlagan.
Xonanda o‘sha kuni sodir bo‘lgan holatni ham eslab o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular uyda zalda o‘tirgan paytda u biror narsani sezgandek oyna tomon qaragan. Shu vaqtda dereza oldida o‘g‘li enagasi bilan o‘tirgan bo‘lgan va kutilmaganda dron bino tomon qulagan.
Muhlislarini xavotirga solgan hodisadan so‘ng Munisa Rizayeva Toshkentga uchib kelganini ham ma’lum qilgan. Xonanda hozirda o‘zini yaxshi his qilayotganini aytgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!