date

Munisa Rizayevaga kutilmagan savol "40 yoshda ham tug'asizmi?"

Munisa Rizayevaga kutilmagan savol "40 yoshda ham tug'asizmi?"

O‘zbek estradasi vakili Munisa Rizayeva ishtirok etgan ko‘rsatuvlardan birida kutilmagan va qiziqarli holat yuz berdi.

Dastur davomida kichik yoshdagi bolakay xonandaga noodatiy savol bilan murojaat qildi. U to‘satdan: “40 yoshda tug‘asizmi?” deya so‘rab, Munisa Rizayevani biroz hayratda qoldirdi.

Xonanda esa savolga o‘ylanib o‘tirmasdan, samimiy javob qaytardi. “Tug‘aman, albatta. Men hozir 39 yoshdaman. Xudo xohlasa, tug‘aman”, — dedi u.

Shuningdek, Munisa Rizayeva hazil aralash tarzda 40 yoshda farzand ko‘rgan onalarning bolalari aqlli bo‘lishini ta’kidladi va bu fikrini savol bergan bolakay misolida izohladi.

Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda ham qiziqish bilan muhokama qilinmoqda. Tomoshabinlar xonandaning ochiq va samimiy javobini ijobiy baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Munisa Rizayevaga kutilmagan savol "40 yoshda ham tug'asizmi?"