Samandar Hamraqulov qizining 3 yoshini nishonladi

So‘ngi paytlarda boshlovchi sifatida faoliyat yuritayotgan Samandar Hamraqulov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida quvonchli xabar bilan o‘rtoqlashdi. U qizi Maryamxonning 3 yoshga to‘lganini ma’lum qilib, Instagram sahifasiga samimiy surat joyladi.
San’atkor ushbu quvonchli sana munosabati bilan surat ostiga yurakdan chiqqan she’riy satrlarni ham yozib qoldirdi. Unda farzandiga bo‘lgan mehr, shukronalik va otalik tuyg‘ulari chuqur aks etgan:
“Allohga xamdlar aytib,
Gunoh ishlardan qaytib,
Zikr, salovot aytib,
Sabr qildim, Maryamxon.
Sizni so‘rab robbimdan,
Tavba deb, gunoximdan,
Mexribon Alloximdan,
Tilab oldim Maryamxon.
Xar neni ko‘rdi bu bosh,
Gox boshimga tegdi tosh,
Onangga tilab bardosh,
Suyab oldim, Maryamxon.
Toleing bo‘lsin baland,
Tilingdan ber asal qand,
Tunu kun sen bilan band,
Bo‘lib qoldim, Maryamxon.
Go‘zal qizim Maryamxon,
Asal qizim Maryamxon,
Yaratganning ne’mati,
Shirin so‘zim Maryamxon.”
Mazkur post qisqa fursatda muxlislar e’tiborini tortdi. Ko‘plab kuzatuvchilar Maryamxonni tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, samimiy tilaklar va iliq so‘zlar yozib qoldirishdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing