IU va Li Chon Sok ajrashganini rasman tasdiqladi

Janubiy Koreyaning eng mashhur yulduzli juftliklaridan biri sanalgan xonanda IU va aktyor Li Chon Sok munosabatlariga rasman yakun yasadi. Bu haqda ikki san’atkorning agentliklari rasmiy bayonot bilan chiqish qilib, ularning ajrashganini tasdiqladi.
Eslatib o‘tamiz, IU va Li Chon Sok 2022 yilda o‘zaro munosabatlarini ommaga rasman e’lon qilgan edi. Shundan buyon ular qariyb to‘rt yil davomida Koreya shou-biznesining eng ko‘p muhokama qilingan juftliklaridan biri bo‘lib kelgan.
Tarqatilgan ma’lumotlarga ko‘ra, tomonlar o‘zaro hurmatni saqlagan holda ayrilishga qaror qilgan. Endilikda ular yaxshi do‘st va hamkasb sifatida munosabatlarni davom ettirishi aytilmoqda.
Manbalarga ko‘ra, ajralishning asosiy sabablaridan biri har ikki san’atkorning nihoyatda band ijodiy faoliyati va bir-biriga yetarli vaqt ajrata olmagani bo‘lgan.
Kutilmagan xabar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Muxlislarning bir qismi bu qarorni afsus bilan qarshi olgan bo‘lsa, boshqalari esa yulduzlarning tanlovini hurmat qilishini bildirib, ularga kelgusi faoliyatida omad tilamoqda.






























Izohlar 0
…