Bokuda haydovchi yo‘lovchilarni avtobusda qoldirib, sigaret chekishga chiqib ketdi

Bokuda haydovchi yo‘lovchilarni avtobusda qoldirib, sigaret chekishga chiqib ketdi

Ozarbayjon poytaxti Bokuda avtobus haydovchisining noodatiy harakati ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, 13-sonli avtobusda ketayotgan yo‘lovchilardan biri adashib "Stop" tugmasini bosib yuborgan. Shundan so‘ng haydovchi avtobusni bekatda to‘xtatgan, eshiklarni qulflab, barcha yo‘lovchilarni ichkarida qoldirgan holda tashqariga chiqib sigaret chekishga kirishgan.

Mazkur holat avtobus ichida norozilik va tortishuvlarga sabab bo‘lgan.

Voqea yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, haydovchi xizmat vazifalarini qo‘pol ravishda buzganligi aniqlangan. Natijada unga nisbatan tegishli intizomiy choralar qo‘llanilgani ma’lum qilindi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar