Zebo Rahimovaning 30-sayohat davlati bu safar Monako bo‘ldi!

Zebo Rahimovaning 30-sayohat davlati bu safar Monako bo‘ldi!

Bloger Zebo Rahimova navbatdagi sayohati haqida ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi. Uning aytishicha, Monako u borgan 30-davlat hisoblanadi.

Rahimova safar davomida hamkasbi Umid bilan birga ekanini bildirgan. U Monakodan turli lavhalar, jumladan plyajda dam olgani aks etgan videolarni ham sahifasiga joylagan.

Bloger sayohat haqida gapirar ekan, oila a’zolari ham ayni paytda chet elda dam olayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqinlari Balida hordiq chiqarmoqda.

Monte-Karlo kazinosi oldida apelsin rasmli köylak kiygan yigit va qiz turibdi.

"Man Monakoda dam olyapman, uydagilar esa Balida maza qilib dam olishyapti, Alhamdulillah", dedi u.

Zebo Rahimovaning ushbu chiqishi uning kuzatuvchilari orasida qiziqish uyg‘otdi. Ayrimlar blogerni yangi sayohat manzili bilan tabriklagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar