Dildora Niyozovadan yangi xit — “Yolg‘on dunyo” (video)

Xonanda Dildora Niyozova 11 aprel kuni muxlislarini yana bir yangi ijodiy ishi bilan xursand qildi. U o‘zining yangi taronasi — “Yolg‘on dunyo”ni taqdim etib, uni keng jamoatchilik e’tiboriga havola qildi.
Qo‘shiq YouTube platformasiga joylashtirilishi bilanoq qisqa vaqt ichida katta qiziqish uyg‘otdi. Oradan ko‘p o‘tmay, videoklip 500 mingdan ortiq tomosha to‘plab, 500 ga yaqin izohlarga sabab bo‘ldi. Bu esa taronaning tez sur’atlarda ommalashayotganini ko‘rsatmoqda.
Izohlar bo‘limida muxlislar qo‘shiqni iliq qarshi olib, ijobiy fikrlar bildirishmoqda. Ular ayniqsa taronaning mazmuni, ta’sirli ohangi va zamonaviy ijro uslubini alohida ta’kidlab, xonandaga ijodiy muvaffaqiyatlar tilashmoqda.
Ayrim tinglovchilar esa qo‘shiqdagi hissiylik va hayotiy mazmun ularni o‘ylantirganini yozib qoldirishgan. Mutaxassislar fikricha, “Yolg‘on dunyo” yaqin kunlarda xit taronalar qatoridan joy olishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!