Dildora Zokirova “El-yurt fidokori” nishoni bilan taqdirlandi (video)

Aktrisa Dildora Zokirova o‘zining Instagram sahifasi orqali muxlislari bilan quvonchli xabarni bo‘lishdi. San’atkor 5 iyul kuni bo‘lib o‘tgan tantanali taqdirlash marosimida “El-yurt fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Aktrisa ushbu quvonchli voqea aks etgan videoni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylab, quyidagi so‘zlarni yozib qoldirdi:
“Kechagi kun juda ham go‘zal voqealarga boy tarzda o‘tdi. Rostini aytsam, taqdirlanganlarni ko‘rib havas qilardim. Nihoyat, meni ham tabriklashingiz mumkin.”
Marosimdagi eng ta’sirli lahzalardan biri esa Dildora Zokirovaning mukofotni olish uchun sahnaga farzandini bag‘riga bosgan holda chiqqani bo‘ldi. U ko‘krak nishonini qo‘lga olgach, uni onasiga uzatib: “Siz bunga munosibsiz!” deya ehtirom bajo keltirdi.
Aktrisaning ushbu samimiy harakati ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining e’tiborini tortdi. Izohlarda muxlislar uni yuksak mukofot bilan tabriklab, ijodiy faoliyatiga omad va yangi yutuqlar tilashmoqda.






























Izohlar 0
…