Dildora Zokirova qiziga nega “Muzdalifabonu” deb ism qo‘yganini aytdi (video)

Dildora Zokirova qiziga nega “Muzdalifabonu” deb ism qo‘yganini aytdi (video)

Aktrisa Dildora Zokirova “Omon-Omon” ko‘rsatuvida qizalog‘iga Muzdalifabonu deb ism qo‘yishiga sabab bo‘lgan voqeani so‘zlab berdi.

Suhbat davomida boshlovchi aktrisaning yaqinda dunyoga kelgan qizi va uning o‘ziga xos ismi bilan qiziqdi. Dildora Zokirovaning aytishicha, u bu ismni Saudiya Arabistoniga qilgan safaridan so‘ng tanlagan.

“Saudiya Arabistoniga borganimizda Muzdalifa tog‘lariga havasim ketgan. Qizimiz ham shunday tog‘li, viqorli qiz bo‘lsin, degan niyatda unga Muzdalifabonu deb ism qo‘ydik”, — deydi aktrisa.

Ko‘rsatuvda Dildora Zokirovaning turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda video-kontentlar tayyorlashni boshlagani haqida ham so‘z bordi.

Aktrisaning ta’kidlashicha, dastlab turmush o‘rtog‘i bunday ishlarga unchalik qiziqmagan. Keyinchalik esa Dildora Zokirovaning suratga olish jarayonlarida ishtirok eta boshlagan.

“Uyda suratga olish bo‘lganda, begona erkaklar uyimizga kirmasin, degan maqsadda ishlaridan qolib, uyda bo‘lib turardilar. Keyin unga birga video olishni taklif qildim. 'Keling, birga olaylik', dedim. Shundan keyin bu ishga qiziqib ketdilar”, — deya hikoya qildi aktrisa.

Bugungi kunda juftlikning birgalikdagi videolari ijtimoiy tarmoqlarda ham muxlislar e’tiborini tortib kelmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar