date

Oybek va Nigoraning qizalog‘i Aliyaxon 2 yoshda

Oybek va Nigoraning qizalog‘i Aliyaxon 2 yoshda
Foto: Instagram

Xonandalar Oybek va Nigora qizalog‘i Aliyaxonning 2 yoshga to‘lganini Instagram sahifalari orqali ma’lum qildi. Nigora o‘z sahifasida Aliyaxonning 1 yoshida o‘tkazilgan fotosessiya lavhalaridan tayyorlangan videoni joylab, ushbu quvonchli yangilikni kuzatuvchilari bilan bo‘lishdi.

U post ostida quyidagi samimiy so‘zlarni yozib qoldirdi:

“Bugun kenjatoyimiz Aliyaxonning tavallud kuni. Bu qizni Allohdan biz emas, aynan siz — duogo‘y buvijonlarimiz va onajonlarimiz so‘rab bergansiz. Shuning uchun ham ‘duolardan so‘rab olingan qizim’ deb bekorga aytmayman.

Uch nafar farzanddan keyin anchagina toliqqan ona sifatida yana farzand haqida o‘ylamayotgan bir paytimizda, buvijonlarimiz, onajonlarimiz ‘har bir narsaning jufti yaxshi — ikki o‘g‘il bor, endi yana bir qiz ham kerak’ deb qo‘llarini duoga ochib, biz uchun duo qilishgan.

Inshaalloh, qizalog‘im kamida bizga o‘xshagan baxt egasi bo‘lsin, shunday duolar olib yuradigan, go‘zal xulqli, iymonli va insofli qiz bo‘lib voyaga yetsin. Barchaga tabriklar uchun rahmat!”

Izohlarda esa kuzatuvchilar qizaloqni samimiy tabriklab, unga ko‘plab ezgu tilaklar bildirishmoqda.

Ma'lumot uchun, xonandalarning hozirgi kunda 4 nafar farzandi bor. Ikki o'g'il va ikki qiz, Aliyaxon esa 4-kenja farzand hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Oybek va Nigoraning qizalog‘i Aliyaxon 2 yoshda