
Yil avvalida 2017 yilda ekranlarga chiqadigan kartinalar ro‘yxatini e’tiboringizga havola etgan edik. Endi ular birin-ketin premera qilinmoqda, deb yozadi "Qalampir.uz" nashri.
Superqahramon haqidagi “Tor 3: Ragnaryok” filmining birinchi treyleri e’lon qilindi. Film taqdimoti 2 noyabrga mo‘ljallangan.
Tor rolida yana Kris Xemsvort, Loki obrazida esa Tom Xiddlston. Shuningdek, filmda Keyt Blanshett, Idris Elba, Jeff Goldblyum, Mark Raffalo va Benedikt Kamberbetch ishtirok etgan. Rejissyor – Tayka Vaytiti.
Syujet bo‘yicha, Tor Asgardga qaytadi va uning ukasi Lokining harakati tufayli eng qo‘rqinchli voqea – Ragnaryok yaqinlashayotganini biladi.
Bu qanday voqea? Nega u qo‘rqinchli? Bu savollarga filmni ko‘rgach, javob topasiz. Hozircha esa filmning dastlabki treylerini tomosha qiling.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar