Adiz Rajabov shaxsiy hayotini nega sir tutishini aytdi (video)

Adiz Rajabov shaxsiy hayotini nega sir tutishini aytdi (video)
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Aktyor Adiz Rajabov o‘zining shaxsiy hayotini, xususan, oilasini ommaga ko‘rsatishni va bu haqda gapirishni yoqtirmasligini «Shaxsiy chegara» ko‘rsatuvida ma’lum qildi.
  • Uning fikricha, oilalilik va farzandli ekanligi haqidagi ma’lumotlar yetarli bo‘lib, boshqa tomonlarini ko‘rsatishni istamaydi.
  • Adiz Rajabovning bu qarashini tomoshabinlar ham tushunib, hurmat qilishini ta’kidladi.

Aktyor Adiz Rajabov “Shaxsiy chegara” ko‘rsatuvida bergan intervyusida oilasi haqida suhbatlarda yoki ijtimoiy tarmoqlarda gapirishni, yaqinlarini ommaga ko‘rsatishni yoqtirmasligini aytdi.

Suhbat davomida aktyorga: «Hech qayerda oilangiz haqida ma’lumot yo‘q. Bu nima bilan bog‘liq?» — deya savol berildi.

Adiz Rajabov bu holat uning fe’l-atvori bilan bog‘liqligini ta’kidladi.

«Bu fe’l-atvorim bilan bog‘liq. Avvalo, shu mavzuda gapirishga o‘zimning g‘ashim keladi. Oilaliman, farzandliman — bo‘ldi, shuning o‘zi yetarli, deb o‘ylayman. Agar nimadir bilan e’tibor qozonadigan bo‘lsam, faqat ishim bilan bo‘lishini xohlayman. Boshqa tomonlarimni ko‘rsatish, ular haqida gapirish menga yoqmaydi», — dedi aktyor.

«Masalan, boshqa insonlar uchun men javob bera olmayman. Bu mening tanlovim. Tushunaman, tomoshabinga oila mavzusi qiziq. Lekin, xudoga shukr, tomoshabinlar ham buni tushunib kelishyapti. Bunday qarashimni hurmat qilishlarini izohlarda ham yozishadi», — deya qo‘shimcha qildi Adiz Rajabov.

Aktyorning aytishicha, ijtimoiy tarmoqlarda ham undan nega oilasini ko‘rsatmasligi yoki ular haqida gapirmasligi tez-tez so‘raladi. Biroq u buni o‘zining shaxsiy qarashi va fe’l-atvori bilan bog‘laydi.

«Nega oilangizni ko‘rsatmaysiz, nega ular haqida gapirmaysiz, degan savollar bo‘ladi. Bu shunchaki mening fe’l-atvorim. Men bu narsani yoqtirmayman», — dedi aktyor.

Adiz Rajabovning oilasini ommadan yiroq tutish haqidagi fikrlari va bu boradagi qat’iy pozitsiyasi kuzatuvchilar tomonidan ham iliq kutib olindi. Izohlarda ko‘plab foydalanuvchilar aktyorning qarorini hurmat qilishlarini bildirib, uning bu munosabatini olqishlagan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar