Umar Shamsiyevning “Ikkimiz” qo‘shig‘i qisqa fursatda xitga aylandi (video)

1 daqiqa o'qish308
Umar Shamsiyevning “Ikkimiz” qo‘shig‘i qisqa fursatda xitga aylandi (video)

Xonanda Umar Shamsiyev 10 iyun kuni o‘zining yangi “Ikkimiz” nomli klip taronasini muxlislarga taqdim etdi. Qo‘shiq YouTube platformasiga joylanganiga hali ko‘p vaqt bo‘lmaganiga qaramay, 60 mingdan ortiq marotaba tomosha qilinib, tinglovchilar e’tiborini tortishga ulgurgan.

“Ikkimiz” — bu shunchaki oddiy qo‘shiq emas, balki ikki qalbning uyg‘unligi, sevgi va sadoqatga yo‘g‘rilgan tuyg‘ular ifodasidir. Taronaning har bir notasi va mazmunli so‘zlari tinglovchini romantik kayfiyatga chorlab, yangi hayot yo‘lining boshlanishini madh etadi.

Umar Shamsiyevning mayin, yoqimli va his-tuyg‘ularga boy ovozi qo‘shiq jozibasini yanada oshirib, uni tinglovchilar qalbiga tez yetib borishiga sabab bo‘lmoqda.

Mazkur qo‘shiqning so‘z va musiqasi iste’dodli ijodkor Asad Toshpo‘latovga tegishli bo‘lib, u yana bir bor o‘zining kuchli ijodiy salohiyatini namoyon etgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda ham tinglovchilar taronani iliq kutib olib, uni yuqori baholamoqda. Izohlarda muxlislar xonandaga omad tilab, qo‘shiqni qayta-qayta tinglayotganini yozib qoldirishmoqda.

Ko‘pchilik fikricha, “Ikkimiz” yaqin kunlarda sevgi mavzusidagi eng mashhur qo‘shiqlardan biriga aylanishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?