
Mashhur aktyorlar Jeki Chan i Silvestr Stallone maxsus vazifalarni bajaruvchi otryadlarning sobiq jangchilari haqidagi "Eks-Bag‘dod" filmida birgalikda suratga tushadilar. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
Filmga "Need for Speed: Tezlik chanqog‘i" filmini suratga olgan Skott Vo rejissyorlik qiladi. Ayni vaqtda u bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Film byudjeti 80 mln dollarga baholanmoqda. Manbalarning ma’lum qilishicha, ushbu qiymat Xitoy kinosanoati uchun eng yiriklaridan biri hisoblanadi.
Filmning bosh qahramonlari sobiq maxsus jangchilar bo‘lib, ular Bag‘dodda bir guruh fuqarolarni xavfli hududdan xavfsiz hududga kuzatib qo‘yishlari kerak bo‘ladi.
Loyiha xalqaro auditoriyaga mo‘ljallangan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar