Milliy raqs va zamonaviy uslub uyg‘unligi: O‘zbekiston videosi trendga aylandi

Milliy raqs va zamonaviy uslub uyg‘unligi: O‘zbekiston videosi trendga aylandi

Ijtimoiy tarmoqlarda amerikalik reper Future'ning mashhur "Mask Off" qo‘shig‘i fonida suratga olinayotgan videolar yangi global trendga aylanmoqda. Ushbu trend doirasida dunyoning turli mamlakatlaridan ijodkorlar o‘z yurtining madaniyati, milliy qadriyatlari va diqqatga sazovor maskanlarini zamonaviy kinematografik uslubda namoyish etmoqda.

Endi mazkur trendga O‘zbekiston ham qo‘shildi. Video muallifining aytishicha, u gruziyalik ijodkor Jeyms M. Fenvikning Gruziya haqidagi roligidan ilhomlanib, o‘z Vatani haqida ham shunga o‘xshash videoni yaratishga qaror qilgan.

Rolikda O‘zbekistonning rang-barang milliy liboslari, nafis milliy raqslari, qadimiy me’moriy obidalari va betakror milliy ruh zamonaviy tasvirga olish uslublari bilan uyg‘unlashtirilgan. Tasvirlar qisqa fursatda ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, foydalanuvchilarning e’tiborini tortmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar