Ali Otajonov yangi avtomobil xarid qilganini ma’lum qildi

Xonanda Ali Otajonov tug‘ilgan kuni munosabati bilan o‘ziga yangi avtomobil xarid qilganini ma'lum qildi. U ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Dongfeng 008 krossoverini sotib olgani aks etgan lavhalarni bo‘lishdi. Mazkur xarid kuzatuvchilar e'tiboridan chetda qolmay, muxlislar izohlarda san'atkorga samimiy tilaklarini bildirishdi.
Xalqimizga sevimli qo‘shiqlari va o‘ziga xos ijodiy uslubi bilan tanilgan xonanda Ali Otajonov yana bir quvonchli yangilikni muxlislariga ma’lum qildi.
San’atkor kecha, tug‘ilgan kuni munosabati bilan o‘ziga yangi avtomobil xarid qilganini e’lon qildi. Ma’lum bo‘lishicha, xonanda Dongfeng 008 krossoverini xarid qilgan.
Ali Otajonov yangi avtomobili aks etgan lavhalarni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ulashib, muxlislariga ham ushbu quvonchli yangilikni ko‘rsatdi.
Xonandaning yangi xaridi kuzatuvchilar e’tiboridan chetda qolmadi. Izohlarda muxlislar Ali Otajonovni yangi avtomobili bilan tabriklab, “Yaxshi kunlarga minib yuring”, “Muborak bo‘lsin” kabi samimiy tilaklarini qoldirishdi.































Izohlar 0
…