Shahlo va Veysel to‘yidagi trendga aylangan tort marosimi barchaning e’tiborini tortdi (video)

Shahlo Salayeva va Veysel Dulgerning Xorazmda bo'lib o'tgan navbatdagi nikoh to'yidagi o'ziga xos tort marosimi ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, foydalanuvchilar e'tiborini tortdi. Ushbu jarayonda juftlik odatiy usuldan farqli ravishda uzun tort ustiga terilgan shamlarni bir tomondan kuyov, ikkinchi tomondan kelinning o'zi puflab o'chirishi bilan ajralib turdi. Shundan so'ng ular tortni birgalikda kesib, an'anaviy marosimga ko'tarinki hamda qiziqarli ruh bag'ishladi.
Kecha Shahlo Salayeva va Veysel Dulgerning navbatdagi nikoh to‘yi Xorazmda bo‘lib o‘tdi. To‘y marosimidan olingan ko‘plab videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, foydalanuvchilar e’tiborini tortmoqda. Ulardan birida kelin-kuyovning to‘y tortini kesish marosimi aks etgan.
Juftlik odatiy tort kesishdan farqli ravishda bu jarayonga o‘ziga xos tarzda yondashgan. Uzun tortning ustiga birin-ketin terib chiqilgan shamlarni kuyov bir tomondan, kelin esa ikkinchi tomondan puflab o‘chirgan. Shundan so‘ng ular tortni birgalikda kesib, ushbu an’anaviy marosimga yanada ko‘tarinki va qiziqarli ruh bag‘ishlagan.
Mazkur lahzalar to‘y mehmonlari tomonidan ham iliq kutib olingan. Shahlo Salayeva va Veysel Dulgerning O‘zbekistondagi navbatdagi to‘yi shu tariqa nafaqat bayramona muhit, balki o‘ziga xos lahzalari bilan ham muxlislar e’tiborini tortmoqda.






























Izohlar 0
…