Shahlo Salayeva va Veysel Dulgerning O‘zbekistondagi to‘yidan yorqin lavhalar (video)

Xorazmlik xonanda Shahlo Salayeva va turkiyalik san’atkor Veysel Dulgerning navbatdagi nikoh to‘yi 30 iyul kuni Xorazmdagi “Bog‘i Eram Palace” to‘yxonasida bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirdan olingan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda va yuqori kayfiyatda o‘tgani ko‘rinmoqda. Marosimda kelin-kuyovning yaqinlari, do‘stlari hamda Botir Qodirov, Hulkar Abdullayeva, Murodbek Qilichev kabi taniqli san’atkorlar jam bo‘ldi.
Kecha, 30 iyul kuni, xorazmlik xonanda Shahlo Salayeva va turkiyalik san’atkor Veysel Dulgerning navbatdagi nikoh to‘yi Xorazmdagi “Bog‘i Eram Palace” to‘yxonasida bo‘lib o‘tdi.
To‘y marosimidan olingan ko‘plab videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Kadrlarda bayramona tadbir yuqori kayfiyatda, ko‘tarinki ruhda va chiroyli tarzda o‘tgani ko‘rinadi. Marosimda kelin-kuyovning yaqinlari, do‘stlari hamda san’atkorlar jam bo‘lgan.
To‘yga tashrif buyurgan san’atkorlar orasida Botir Qodirov, Hulkar Abdullayeva, Murodbek Qilichev va boshqa taniqli ijodkorlar ham bor. Ular o‘z chiqishlari bilan to‘yga yanada ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlagan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolar ostidagi izohlarda esa foydalanuvchilar kelin-kuyovni samimiy tilaklar bilan tabriklab, ularga oilaviy baxt va uzoq umr tilamoqda.






























Izohlar 0
…