Shahzoda Muhammedova turmush o‘rtog‘i haqida kutilmagan gaplarni aytdi (video)

Dizayner va boshlovchi Shahzoda Muhammedova "Chefbook" ko‘rsatuvida teleboshlovchi Nilufar Sotiboldiyeva bilan birga taom tayyorlash jarayonida turmush o‘rtog‘ining xarakteri va oiladagi talabchanligi haqida so‘zlab berdi. Shahzodaning aytishicha, uning jufti ovqat tayyorlashda barcha masalliqlar ustining terisini shilib tashlashni talab qiladi va ovqatlanish paytida uni restorandagi ofitsiantdek to‘xtovsiz turli yumushlarga band qiladi.
Dizayner va boshlovchi Shahzoda Muhammedova "Chefbook" ko‘rsatuvida teleboshlovchi Nilufar Sotiboldiyeva bilan birga taom tayyorlash jarayonida turmush o‘rtog‘i haqida qiziqarli fikrlarini bildirib o‘tdi.
Baliq tayyorlayotib, uning terisini shilayotgan Shahzoda avval turmush o‘rtog‘i uchun baliqning terisini olmay pishirganini aytdi. Biroq jufti taomlarning ustki qismini doim olib tashlashni so‘ragani sababli vaqt o‘tishi bilan bunga o‘rganib qolganini ta’kidladi.
“To‘g‘risini aytsam, turmush o‘rtog‘imga taom tayyorlasam, avval baliqning terisini shilmasdim. Ammo ular hamma narsaning ustini shildiraverganlaridan keyin, oxiri shiladigan bo‘lib ketdim. Tovuqni, kolbasani kessam ham, ustini shildiraveradilar”, — dedi u.
Suhbat davomida Nilufar Sotiboldiyeva ham Shahzodaning turmush o‘rtog‘i bilan suhbatlashganini eslab, uning xarakteriga o‘z bahosini berdi.
“Shahzodaning turmush o‘rtog‘i bilan ham suhbatda bo‘lganmiz. Juda talabchan, qattiqqo‘l. Nazarimda, uy ishlarida ham yuqori bir planka qo‘ygan bo‘lsalar kerak”, — dedi boshlovchi.
Shundan so‘ng Shahzoda turmush o‘rtog‘ining kundalik hayotdagi talabchanligini yanada batafsilroq ochib berdi. Uning aytishicha, turmush o‘rtog‘i ovqatlanayotgan paytda ham Shahzoda o‘zini go‘yo restorandagi ofitsiantdek his qiladi.
“Qachonki turmush o‘rtog‘im nonushta yoki tushlik qilayotgan bo‘lsalar, tepalarida xuddi ofitsant kabi turaman. Er-xotin o‘tirib, mazza qilib gaplashib o‘tira olmaymiz. Chunki doim nimadir kerak bo‘ladi”, — deya hazil qildi Shahzoda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, turmush o‘rtog‘i undan qalampirni muzlatkichdan olib berish, sochiq keltirish yoki choyni almashtirish kabi turli iltimoslarni tez-tez so‘raydi.
“Ko‘k choy damlagan bo‘lsam, 'qora choy damlab yuboring, qora choy xohlab qoldim', deydilar. Yoki bu liderlikning jihatlari shunaqami, hamma xodimlariga ish buyuraverib o‘rganib qolganlaridanmi, bilmadim”, — dedi Shahzoda.
Ushbu samimiy suhbat ijtimoiy tarmoqlarda ham qiziqish uyg‘otishi mumkin. Shahzodaning turmush o‘rtog‘i haqidagi hazil aralash fikrlari uning oilaviy hayotidan muxlislarga o‘ziga xos tasavvur berdi.






























Izohlar 0
…