Shahlo va Veysel to‘yida kelin salom va gul berish marosimi o‘zgacha bo‘ldi (video)

Shahlo Salayeva va Veysel Dulgerning Xorazmda bo'lib o'tgan nikoh to'yidan tarqalgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda qizg'in muhokamalarga sabab bo'lmoqda. Videolardan birida Shahlo turmush o'rtog'iga salom berganida, Veysel ham unga javoban salom qilgandek harakat qilgani mehmonlar e'tiborini tortdi. Shuningdek, turkiyalik kuyov Veyselning onasi to'yga kela olmagani sababli, marosimda faqat Shahloning onasiga gul taqdim etilgani aks etgan.
Kecha Shahlo Salayeva va Veysel Dulgerning navbatdagi nikoh to‘yi Xorazmda bo‘lib o‘tdi. To‘y marosimidan olingan turli videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, foydalanuvchilar orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Videolardan birida o‘zbek to‘ylarining an’anaviy marosimlaridan biri — kelin salom aks etgan. Unda Shahlo turmush o‘rtog‘i Veyselga salom berar ekan, Veysel esa kelinning salomini qabul qilib, o‘zi ham salom qilgandek harakat qilgani mehmonlar e’tiborini tortdi.
Yana bir videoda esa kelin-kuyovning onalarga gul taqdim etish an’anasi aks etgan. Odatda ushbu an’anada kelin-kuyov bir-birlarining onalariga gul berib, ularga hurmat bajo keltiradi.
Biroq Veysel Turkiyadan bo‘lgani sababli uning onasi to‘yga kela olmagan ko‘rinadi. Shu bois marosimda Veysel faqat Shahloning onasiga gul taqdim etgan. Bu lahzalar xonanda Botir Qodirovning qo‘shiqlari ostida yanada ta’sirli ko‘rinish olgan.
Mazkur videolar ostida foydalanuvchilar turli fikrlarni bildirmoqda. Ayrimlar kelin-kuyovning o‘zbekona an’analarni davom ettirganini iliq kutib olgan bo‘lsa, boshqalar “Kuyovning onasi ham to‘yda bo‘lganida yanada chiroyli bo‘lardi”, deya izoh qoldirgan.






























Izohlar 0
…