Yulduz Turdiyeva “xalq artisti” faxriy unvonini oldi

O‘zbekistonlik taniqli xonanda Yulduz Turdiyeva “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoniga sazovor bo‘ldi.
Bu haqda 22 avgust kuni Prezident tomonidan imzolangan tegishli Farmonda ma’lum qilindi.
Farmonda qayd etilishicha, mukofotlanganlar mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, xalqning ma’naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun e’tirof etilgan.
Yulduz Choriyevna Turdiyeva — “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi. U uzoq yillik ijodiy faoliyati va o‘zbek musiqa san’atiga qo‘shgan hissasi uchun “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoniga munosib ko‘rildi.
Xonanda bilan birga Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti o‘qituvchisi Ilyos Arabov ham mazkur yuksak unvon bilan taqdirlangan.































Izohlar 0
…