Rashid Xoliqovning o‘g‘li Temur uylandi — to‘y oqshomidan videolar

Kecha xonanda Rashid Xoliqovning uchinchi o‘g‘li Temurning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tdi. To‘y oqshomidan turli videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Temur Sevara ismli qiz bilan turmush qurdi. To‘y oqshomi ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Tarqalgan kadrlarda mehmonlarning xursandchiligi, o‘yin-kulgi, juftliklarning romantik kuy sadolari ostida raqsga tushgani aks etgan.
Shuningdek, videolarda Rashid Xoliqovning turmush o‘rtog‘i bilan raqsga tushgani, to‘yda taniqli san’atkorlar ishtirok etgani ham ko‘rinadi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari to‘y videolariga iliq izohlar qoldirib, Temur va Sevaraga baxt-saodat tilagan. Xonandaga esa farzandlarining rohatini ko‘rishini tilab, ezgu tilaklarini bildirgan.






























Izohlar 0
…