“Havas” guruhi xonandasi Robiyaxon va Behruz qanday tanishgan? Juftlikning qiziqarli tanishuv tarixi (video)

“Havas” guruhi xonandalari Robiyaxon va Behruzjonning munosabatlari, yoshi hamda qanday tanishib qolgani ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarida qiziqish uyg‘otmoqda. Tarqalgan videolarda yosh ijrochilarning o‘zi muxlislarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Robiyaxon 18 yoshda, Behruzjon esa 21 yoshda. Ularning tanishishiga Doston aka sababchi bo‘lgan. Biroq yigitning aytishicha, ular aslida bundan ancha oldin ham bir-birini tanigan.
“Robiya bilan oldindan tanishmiz. Maktabda bir-birimizni ko‘rib katta bo‘lganmiz, hatto bir ustozda tahsil olganmiz”, — deydi Behruzjon.
Suhbat davomida Behruzjonning professional skripkachi ekani va xalqaro tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgani ham ma’lum bo‘ldi.
Robiyaxon esa Behruzjonning o‘zi o‘qishga topshirgan oliygohga ham hujjat topshirganini hazil aralash eslab o‘tdi. “Hatto men topshirgan institutga ham topshirganlar. Tinch qo‘ymadilar meni”, — deya kulib javob berdi xonanda.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…