13:13 / 10.07.2017
9 375

Gulbahor Erqulova: “U Shahzoda Muhammedova bo‘lsa, konservatoriyaga kirib qolishi kerakmi?”

Gulbahor Erqulova: “U Shahzoda Muhammedova bo‘lsa, konservatoriyaga kirib qolishi kerakmi?”
Aktrisa Shahzoda Muhammedovaning ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasiga O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi Dilorom Omonullaeva haqida yozib qoldirgan haqoratli so‘zlari so‘nggi kunlarda asosiy muhokama mavzularidan biriga aylandi.

Biz vaziyatga xolis yondashish uchun har ikki tomonning ham fikrini, shuningdek, ko‘plab san’atkorlar munosabatlarini ham o‘rganib, taqdim etmoqdamiz.

Shu maqsadda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Gulbahor Erqulovaning fikrlari bilan qiziqdik.

Gulbahor Erqulova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist:

– Dilorom Omonullaeva – ustoz san’atkor. Xalq ko‘nglidan joy olgan ko‘plab qo‘shiqlarning muallifi. Men vaziyatdan to‘liq xabardor emasman. Shunday bo‘lsa-da, Shahzoda Muhammedovaning shunday inson bilan bahslashishi, uni haqorat qilishi juda noto‘g‘ri ish. Bunday insonlar bilan tengma-teng gaplashishga biz ham hatto istihola qilamiz. Ular bilan masofa saqlab gaplashamiz.

Balki Dilorom Omonullaevaga Shahzodaning o‘zini tutishi, muomalasi yoki estrada yo‘nalishida tajribasi yo‘qligi ma’qul kelmagan bo‘lsa kerak. U Shahzoda Muhammedova bo‘lsa, O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga kirib qolishi kerakmi? Agar shunchalik estrada xonandasi bo‘lmoqchi ekan, biror musiqa maktabini bitirsin, ana undan keyin estrada xonandaligiga da’vogarlik qilsa, yarashadi.

Hozirda ba’zi aktrisalar 3-4 ta qo‘shiq aytib, kimgadir ovozi ma’qul kelsa, mana, xonanda ham bo‘la olaman, deb o‘ylashadi. Yo‘q, estrada xonandasi bo‘lish juda qiyin. Bugungi kunda estrada xonandalari ancha kam. Kumush Razzoqova, Farrux Zokirov, Sevara Nazarxon, mana shularni haqiqiy estrada xonandasi deyish mumkin. Qolganlarning ko‘pi “yallachi”. Nima bo‘lganda ham, o‘zaro suhbatni Shahzoda ijtimoiy tarmoqlar orqali keng ommaga tarqatishga, ularni behurmat qilishga haqqi yo‘q edi. Avval u Dilorom Omonullaevaning yoshiga etsin, 3-4 ta shogird chiqarsin, ana unday keyin gapirsa yarashadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Gulbahor Erqulova: “U Shahzoda Muhammedova bo‘lsa, konservatoriyaga kirib qolishi kerakmi?”