8 707
Lola Karimovaning “Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” filmi xalqaro kinofestivalda taqdirlandi
Lola Karimova -Tillaeva prodyuserligida suratga olingan “Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” filmi Italiyaning Iskya orolida bo‘lib o‘tgan xalqaro kinofestivalda “Eng yaxshi hujjatli film” nominasiyasi g‘olibi bo‘ldi.
«Ushbu hujjatli film astronomiya va geometriya fanlarining taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk mutafakkir Mirzo Ulug‘bek hayoti haqida hikoya qiladi. Dunyoning turli mamlakatlaridagi, turli yoshdagi insonlar filmni tomosha qilib, Vatanimizning buyuk o‘g‘loni haqidagi hikoya bilan tanishgach, hayratlanib tasanno aytganlarida qalbimni to‘ldiradigan hislarni so‘z bilan ifodalab berish qiyin.
Ijodiy guruhimizni ushbu nufuzli mukofot bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Filmning yaratilishida prodyuserlar sifatida ishtirok etib, asrlar davomida insonlarni hayratga solib kelayotgan ushbu tarixiy voqeani dunyo ahliga havola etish umr yo‘ldoshim bilan menga nasib etgani biz uchun katta sharaf»,—deb yozadi Lola Karimova Instagram`dagi sahifasida.
Ma’lumot uchun, “Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” filmi taniqli o‘zbekistonlik rejissyor Bahodir Yo‘ldoshev tomonidan suratga olingan. Unda bir qator jahon kinosining taniqli namoyondalari bilan birgalikda aktyorlar Hoshim Arslonov, Javohir Zokirovlar ham rol ijro etgan.
Manba: darakchi.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi