
Konsert dasturida nafaqat Sardor O‘rtach, balki o‘zbek estradasining boshqa taniqli xonandalari ham ishtirok etishi kutilmoqda.
Turk estradasining taniqli yulduzi Sardor O‘rtach Toshkent shaharidagi eng muhtasham konsert saroylaridan biri – “Istiqlol”da konsert dasturini taqdim etadi. Rejissyor Sa’dulla Abdullaeva boshchiligida rejalashtirilayotgan konsert dasturi joriy yilning 25-26 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Konsert dasturida nafaqat Sardor O‘rtach, balki o‘zbek estradasining boshqa taniqli xonandalari ham ishtirok etishi kutilmoqda deb xabar beradi Qalampir.uz.
Ma’lumot uchun, Sardor O‘rtach O‘zbekistonda ilk bor konsert dasturini taqdim etmoqda. Xonanda bundan bir necha yil avval Toshkent shahridagi Yakkasaroy to‘yxonasida o‘tkazilgan to‘yga tashrif buyurib, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova bilan duet qo‘shig‘ini kuylagan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar