12 776
Zebiniso Xoliqovaning san’atga dog‘ tushirayotgan aktrisalar haqidagi gaplari Sitora Olimjonovaga atalganmi?
San’at olami, undagi ijodkorlar, aktyor va aktrisalar, xonandalarning shaxsiy hayoti doim odamlar ko‘z o‘ngida. Bugungi rivojlangan davrda muxlisdan hech narsani yashirib bo‘lmaydi.
Albatta, bu sohaga ko‘cha-ko‘ydan, boshqa sohadan kirib qolganlar, iqtidori bo‘lmay turib, amaki yo tog‘asiga, hatto, xushtoriga ishonib o‘zini san’atkor sanayotganlar ham bor. Afsuski, ana shunday kimsalar sabab ko‘pincha asl san’at nomiga ham dog‘ tushadi. Buning bir necha bor guvohi bo‘lganmiz.
O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqovaning qizi Zebiniso Xoliqova ham aktrisa. Biroq u onasining etagidan tutib, falonchining qiziman deydiganlardan emas. Hozirgacha ko‘pchilik Zebiniso Muqaddas Xoliqovaning qizi ekanini bilmaydi. Ijodini boshlaganiga ko‘p bo‘lmagan Zebiniso ayni damda O‘zbek milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritib kelmoqda. Uning ijtimoiy tarmoqlarda biz yuqorida so‘z ochgan mavzuda yozgan mulohazalari e’tiborimizni tortdi.
“Qalbimda motam! Men sevib, yoshligimdan orzu qilgan kasbga kundan kunga dog‘ tushyapti. Avvallari san’atkorman desangiz, hamma faxrlanardi. Hozirchi? Hozir kimning o‘ynashi ekan deb shubha bilan qarashadi. Yoki ajrashgan, yoki kimgadir ikkinchi xotin, yoki yana nimalardir... Nega ikkita kinoda rol ijro etsa san’atkor deyishadi? Nega? Ajrashib, ertasiga qo‘shiq kuylasa san’atkor bo‘lib qoladi, nega? To‘g‘ri, bu taqdir, kimning peshonasiga qanday yozilgan, bilmayman. Lekin oila muqaddas ekanini ko‘pchilik qizlar tushunishmayapti. Xohlardimki, oilasiga xiyonat qilganlarni ishdan ozod qilib, ma’naviy buzuq deb, ishsiz qoldirish kerak. Shunda ko‘ramiz qaysi pulga o‘ch qizaloq jazmanining yonida qolarkin?”, deb yozadi Zebiniso Xoliqova.
Yosh aktrisaning ijtimoiy tarmoqlar orqali yozib qoldirgan fikrlari uning ko‘plab kuzatuvchilari orasida muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Yozishmalarda ko‘pchilik Zebinisoning gaplari bejiz yozilmaganini, bu so‘zlar aktrisa Sitora Olimjonovaga atalganini iddao qildi. Gap shundaki, aktrisa bir necha kun avval Tailandda turmush qurgan edi. Turmush o‘rtog‘ini ommaga rasman e’lon qilmagan Olimjonovaning xatti-harakatlari ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab bo‘lib, uni birovning oilasini buzayotganga chiqarganlar ham topildi. Zebiniso Xoliqova o‘zi yozgan fikrlar haqida gapirarkan, bu gaplarning Sitora Olimjonovaga tegishli ekanini aytmasa ham, shunga ishora qildi.
Manba: Qalampir.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»