
Xonanda Dilso‘z ikkinchi bor onalik baxtiga erishish arafasida bo‘lishiga qaramay, ijoddan sira to‘xtayotgani yo‘q.
So‘zimiz isboti sifatida Dilso‘zning «Sening yagonang» nomli qo‘shig‘i va unga ishlangan klipni misol qilishimiz mumkin.
Qo‘shiqning she’r muallifi: Bahodir Nizomov.
Musiqa va musiqiy sayqal muallifi: Ahmad Hodjimatov.
Klipmeyker: Sherzod Umarov.
Darakchi.uz ning yozishicha, klipda aktyorlardan Dinara Irsalieva va Shohjaxon Ergashev rol ijro etgan.
Syujet yo‘nalishidagi mazkur klip melodramma janrida bo‘lib, bir kun mobaynida suratga olingan. Aniqrog‘i, suratga olish ishlari tonggi 6.00 dan kechga qadar davom etdi.



“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar