10:01 / 10.09.2017
4 703

Sardor Milano «Novaya volna» tanlovi finalida qatnashmoqda

Sardor Milano «Novaya volna» tanlovi finalida qatnashmoqda
«Glavnaya ssena» g‘olibi va «Golos» shousi finalchisi o‘zbekistonlik Sardor Milano Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan «Novaya volna» xalqaro musiqiy tanlovda qatnashmoqda. Shu munosabat bilan qo‘shiqchi o‘z muxlislaridan uni ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashni so‘radi.

«Ovoz berish allaqachon ochildi! Azizlar! Agar meni «Novaya volna» festivalida ruhan qo‘llab-quvvatlashni xohlasangiz, ushbu suratni o‘z sahifangizga #sardormilano xeshtegi bilan joylab, SMS yoki bank kartasi yordamida ovoz bering. Bitta raqamdan ko‘pi bilan o‘n marta ovoz jo‘natish mumkin. Mening raqamim — 13. O‘zbekiston, Rossiya, Qozog‘iston ovoz berishi mumkin», — deb yozdi Sardor Milano Facebook’dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Sardor Milano shu yilning aprelida ommabop musiqa yosh ijrochilarining «Novaya volna» tanlovi yarim finalida g‘olib bo‘lgan va finalga yo‘l olgan edi. «Novaya volna» tanlovi finali 8—15 sentyabr kunlari Sochida bo‘lib o‘tmoqda.

Manba: daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Sardor Milano «Novaya volna» tanlovi finalida qatnashmoqda