16:32 / 27.09.2017
8 495

​Serdar Ortach o‘z konsertida Yulduz Usmonovadan bir necha bor “Sanamgina” qo‘shig‘ini kuylab berishni so‘radi (video)

​Serdar Ortach o‘z konsertida Yulduz Usmonovadan bir necha bor “Sanamgina” qo‘shig‘ini kuylab berishni so‘radi (video)
Turkiyalik mashhur xonanda Serdar Ortach 25 sentyabr kuni poytaxtimizning “Istiqlol” san’at saroyida o‘zining konsert dasturini taqdim etdi.

Konsertning ilk kuni kutilmagan hodisalarga boy bo‘ldi. Konsert o‘zbek san’atkorlari bilan duetlar, qiziqarli chiqishlar, muxlislarning qarsaklariga boy bo‘ldi.

"Instagram" tarmog‘i ushbu konsertdan olingan foto va videolarga to‘lib toshdi. Shunday videolardan biri Kinorama.uz sahifasiga joylangan bo‘lib, unda turk xonandasi O‘zbekiston xalq artisti bilan bir sahnada undan “Sanamgina” taronasini bir necha bor kuylab berishini so‘raganining guvohi bo‘lish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, mazkur konsert tashkilotchisi rejissyor Sa’dulla Abdullayev. Bugun, 26 sentyabr kuni konsertning ikkinchi kuni bo‘lib o‘tadi.

Manba: Darakchi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » ​Serdar Ortach o‘z konsertida Yulduz Usmonovadan bir necha bor “Sanamgina” qo‘shig‘ini kuylab berishni so‘radi (video)