14 040
Shou-biznes vakillari to‘y xizmatlari yoki gonarar uchun qancha haq olishini bilasizmi?
Xalq konsertlar va gastrollar artistlarga yaxshi daromad keltiradi deb o‘ylaydi. To‘g‘ri, ammo artistlarning hammasi ham konsertdan mo‘may daromad ola bilmaydi. Oladiganlar barmoq bilan sanarli. Xo‘sh, nega? Birinchidan, «Istiqlol» saroyining o‘zini olsak, zalni bir kun ijaraga olish narxi 12-14 million so‘mni tashkil etadi. Bundan tashqari mashshoqlar, rejissyor, dekoratsiya, sahna monitori, ovoz rejissyori va hokazolarga ketadigan xarajatlarni o‘zingiz hisoblab olavering. Shunday ekan, hozirgi kunda konsertdan mo‘may daromad olish juda qiyin masala.
Shuning uchun san’atkorlarning asosiy daromadi to‘ylar, tug‘ilgan kunlar, bazm va shunga o‘xshash tantanalardan kelib tushadi. San’atkor qancha mashhur bo‘lsa, daromadi ham shuncha ko‘proq bo‘ladi. Ayni kunda xalq sevib qo‘shiqlarini tinglaydigan san’atkorlar sifatida Shahzoda, Rayhon, Shohruhxon, Lola, Ulug‘bek Rahmatullayev, Munisa Rizayeva, «Shahzod» guruhi, Ziyodaning nomi e’tirof etilyapti. Ular bir kunda to‘rttadan sakkiztagacha joyga qo‘shiq aytish uchun birrovga borib kelishadi. Gonorar nechta qo‘shiq aytishiga qarab belgilanadi. Artistlarning shunday toifadagilari borki, ular televideniye orqali namoyish etilmaydi, klip suratga olishmaydi, konsert ham berishmaydi. Faqat xalqning yaxshi kunlarida xizmat qilib tirikchilik qilishadi. Ular oladigan gonorar 1 dan 3 million so‘mgachani tashkil etadi.
Mana, ko‘p yillik tanaffusdan so‘ng respublika xalq artistkasi Yulduz Usmonova yana muxlislari bag‘riga qaytdi. O‘zbek estradasining Primadonnasining yaxshi kunlardagi xizmati 12,8 million turadi.
«DJ Piligrim» taxallusi bilan ijod qiluvchi Ilhom Yulchiyev bir chiqishi uchun 10 million so‘m haq oladi.
Mashhur bastakor va xonanda, «Yalla» estrada guruhi asoschisi Farruh Zokirov… Bu san’atkor haqida yillab gapirish mumkin. U qo‘shiq boshlaganda, afsona va ertaklar olamiga kirib qolgandek bo‘ladi odam. Farruh aka misol uchun olganda, birgina «Choyxona» qo‘shig‘ini jonli ijro etishi uchun 9,6 million so‘m oladi.
O‘zbekiston milliy estradasi bulbuli deya e’tirof etilayotgan xonanda, xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning to‘y yoki shu kabi tantanada xizmat qilib berishi tantana egasi uchun 9 million so‘mga tushadi.
Taniqli xonanda, aktrisa Lola Yo‘ldosheva ajoyib ovoz sohibasi va irodasi kuchli ayol. Xizmati uchun Lola 6,5 million so‘m miqdorida haq olarkan.
Shahzoda o‘zida sharqona tafakkur, qalb garmoniyasini mujassam etgan. Shu kunga qadar minglab muxlislarning qalbidan chuqur joy olib ulgurgan. Xonandani yaxshi kunlarda qo‘shiq ayttirish uchun 5,1 million so‘m kerak bo‘ladi.
O‘zbekiston respublikasida xizmat ko‘rsatgan artistka Rayhon o‘zining «Turnalar» xit qo‘shig‘i orqali ham barcha qo‘shiq ishqibozlarining qalbini larzaga keltira olgan. Uning tantanalardagi xizmati 5,1 million so‘m miqdorida baholanadi.
Respublikada xizmat ko‘rsatgan artist, yoshlarning kumiri Ulug‘bek Rahmatullayevning xizmatiuchun oladigan gonorari 4 million so‘mga teng.
Endi aktyorlarimizning gonorarlari bilan ham qiziqib ko‘rsak foydadan xoli bo‘lmasdi.
Ulug‘bek Qodirov shu kunga qadar 30 ga yaqin filmlarda rollar ijro etishga ulgurdi. U bitta filmda rol o‘ynashi uchun 21 million so‘m gonorar oladi.
Alisher Uzoqov «Uylanish» filmidagi roli bilan barchaga tanish. U bitta filmda suratga tushish uchun 12 million so‘m gonorar oladi.
Adiz Rajabov. Buxorolik bu ajoyib yigit kino olamida o‘z o‘rniga ega. Aktyorning filmdagi roli uchun oladigan gonorari 12 million so‘mni tashkil etadi.
Dilnoza Kubayeva kinotanqidchilar tomonidan eng iste’dodli aktrisa sifatida yuqori baholanadi. Uning har bir filmdagi roli uchun oladigan gonorari 12 million so‘m.
Manba: kommersant. uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi