23:00 / 31.12.2017
5 955

Haqiqiy Yangi yil sovg’asi: Teylor Svift homilador muxlisasiga uy sovg’a qildi

Haqiqiy Yangi yil sovg’asi: Teylor Svift homilador muxlisasiga uy sovg’a qildi
Amerikalik xonanda Teylor Svift turmush o’rtog’i ishdan bo’shagan va uysiz qolib ketgan muxlisasiga ajoyib yangi yil sovg’asini taqdim etdi. Xonanda qiz haqidagi mazkur xabarni eshitgach, unga turarjoy sotib olgan.

“Men nihot sizlarga nima bo’lganini aytib berishga qaror qildim. Orangizda ko’pchilik men homiladorlikning 8 oyi davomida uysiz bo’lganim va farzandimning otasi Mettyu ishsiz qolib ketgani haqida bilmaydi. Onam bu haqida Teylorga aytib, meni Manchesterdagi shou payida xursand qilishni so’rabdilar” deydi qiz.

Xabarda aytilishicha, Teylor kontsertdan so’ng qizni o’z pardozxonasiga chaqirgan. “Stefani, sen mening hayotimda ko’p vaqtdan beri borsan va mendan hech qachon hech narsa haqida so’ramagansan. Shunday qilishing va men senga yordam berishim mumkin edi. Biroq bunday qilmading. Onang hammasini menga aytib berdi” dedi Teylor qizga qarata.

Shuningdek, qiz Teylor unga kontsert chiptasi uchun to’lagan pulni qaytarib bermoqchi bo’lgani, qizga uy va bola uchun kerakli barcha narsani olib bergani haqida qo’shimcha qilgan.

Teylor Stefaniga qarata “Men onalik baxti, kichkintoy qizalog’ingdan lazzatlanishingni va bular haqida qayg’armasligingni istayman. Seni har doim yaxshi ko’raman” degan.

Eslatib o’tamiz, xonanda Teylor Svift o’zining sahiyligi bilan ham nom qozongan. U kasal bolalar va kattalarning davolanishi uchun ko’plab miqdorda pul hayriya qiladi, turli loyihalarni qo’llab-quvvatlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Haqiqiy Yangi yil sovg’asi: Teylor Svift homilador muxlisasiga uy sovg’a qildi