
Buyuk Britaniya Qirollik oilasi a’zosiga aylanish arafasida turgan aktrisa Megan Markl o’zining Instagram, Twitter va Facebook ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarini o’chirib tashladi.
2017 yilning dekabr oyidagi ko’rsatkichlarga ko’ra, Megan Instagramda 1,9 million, Twitterda 350 ming va Facebookda 800 ming muxlisga ega edi.
Albatta, bunday qadam muxlislar uchun kutilmagan holat bo’lmadi. Qoidalarga ko’ra, qirollik oila a’zolarining hech biri ijtimoiy tarmoqlarda o’z sahifalariga ega bo’lishlari mumkin emas. Odatda ularning suratlari rasmiy matbuot kotiblari tomonidan e’lon qilinadi. Faqatgina gertsoginya Kertin suratkashlik bilan qiziqqani sabab o’z farzandlarini suratga olib, ularni fotojamiyatlarga cho’natib turadi, deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar