
Rossiyalik mashhur reper Mot ilk bor ota bo’lish baxtiga erishdi. Uning rafiqasi o’z turmush o’rtog’idan yaxshi ota chiqishi, uni qo’llab-quvvatlayotgani va bir qadam ham uzoqlashmayotgani haqida aytib o’tgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda 27 yoshli xonanda farzandining ilk rasmi paydo bo’ldi. Bu Mot va uning ayoli Mariya Melnikovalarning ilk farzandi.
Mot taxallusi ostida ijod qiluvchi Matvey Melnikov farzandli bo’lgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda shunday so’zlarni yozib qoldirdi:
“Endi biz to’liq oilamiz, o’g’il farzand uchun raxmat, mening eng yaxshi rafiqam va sevimli ona!”
Reperning rafiqasi Mariyaning so’zlariga qaraganda Mot turmush o’rtog’ini hamisha qo’llab-quvvatlagan va har daqiqa yonida bo’lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar