“O‘zbekiston havo yo‘llari” charter reysi orqali 6 mart kuni 100 dan ortiq o‘zbek qo‘shiqchilari, raqqoslari va musiqachilari Dushanbega yetib borishdi.
Ular 9 mart kuni bo‘lib o‘tadigan “Do‘stlik oqshomi” konsertida chiqish qilishadi. Tojikiston tomondan 150ga yaqin qo‘shiqchi, musiqachi va raqqoslar chiqishi rejalashtirilgan.
Ikki davlat rahbarlaridan tashqari bayramona tadbir tomoshabinlari qatoridan O‘zbekiston rasmiy delegatsiyasi a’zolari, Tojikiston hukumat va parlament a’zolari, jamoatchilik vakillari ham o‘rin oladi.
O‘zbek artistlari guruhida Yulduz Usmonova, Sherali Jo‘rayev, Farpux Zakirov, Ozodbek Nazarbekovlar bor. Tojikiston tomondan konsertda Davlatmand Xolov, Nigina Amonkulova va opera qo‘shiqchisi Rustam Duloyevlar ishtiroki nazarda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmon taklifi bilan 9-10 mart kunlari Dushanbeda rasmiy tashrif bilan bo‘lishi rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin