
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning "Istiqlol" san’at saroyida o‘tgan "Sen va men uchun" deb nomlangan konsert dasturini taqdim etganidan xabaringiz bor...

Ushbu konsertga tashrif buyurolmagan muxlislar uchun qulay imkoniyat. Yulduz Usmonova mazkur konsert dasturini viloyatlar bo‘ylab taqdim etadi.


Yana ham aniqroq aytadigan bo‘lsak, konsert dasturi 12 iyul Nukus shahridagi "Turon" o‘yingohi, 13 iyul Buxoro shahridagi "Buxoro arena" o‘yingohi, 14 iyul Navoiy shahridagi "Yoshlik" o‘yingohi, 15 iyul Samarqand shahridagi "Dinamo" o‘yingohi, 16 iyul Qarshi shahridagi "Nasaf" o‘yingohi, 17 iyul Jizzax shahridagi "Sug‘diyona" o‘yingohi, 20 iyul Farg‘ona shahridagi "Istiqlol" o‘yingohi, 21 iyul Andijon shahridagi "Sog‘lom avlod" o‘yingohi, 22 iyul Namangan shahridagi "Navbahor" o‘yingohi, 23 iyul Bekobod shahridagi "Metallurg" o‘yingohida bo‘lib o‘tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar