Sherali Jo‘rayevning Samarqandda 3 may kuni o‘tishi kerak bo‘lgan konserti 28 iyulga qoldirildi. «Daryo» nashrining xabar berishicha, ayni paytda konsert o‘tkazilishi rejalashtirilgan «Dinamo» o‘yingohida konsertga kirish uchun chipta olgan muxlislar kelmoqda, ammo ularga stadion xodimlari konsert bo‘lmasligi aytmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, konsert dasturi chiptalar yetarli sotilmagani bois qoldirilgan. Konsert qoldirilgani to‘g‘risida mahalliy telekanallar orqali xabar berilgan. Biroq Sherali Jo‘rayevning ko‘pchilik muxlislari bundan bexabarligini aytmoqda.
Foto: «Daryo»
Konsert dasturi buxorolik tashkilotchilar tomonidan tashkillashtirilgan. Chiptaga ko‘rsatilgan raqamlarga qo‘ng‘iroq qilgan muxlislarga 3 may sanasi ko‘rsatilgan chipta 28 iyul kuni bo‘ladigan konsertga kirish uchun amal qilinishini aytilmoqda. Konsert uchun chiptalar 20 ming so‘mdan sotilgan.
Foto: «Daryo»
Sherali Jo‘rayevning konsertga kelgan ayrim muxlislari hofizning betobligi sabab konsert dasturi qoldirilganini taxmin qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi